O‘zbekistonda oktabr oyida iste’mol indeksi narxlari 10% ga pasaygan
Bir oyda metan narxi 30,5%, ichki aviaqatnovlar narxi esa 52,3% ga oshgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyida iste’mol bozorida oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlarida turlicha o‘zgarishlar qayd etildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha eng katta arzonlashuv shaftolida kuzatilib, u 28,7% ga tushgan. Shuningdek, tarvuz (–21,8%), bulg‘or qalampiri (–19,7%), guruch (–18% atrofida), bodring (–17,6%), banan (–15,1%) va sarimsoq (–14,7%) narxlari pasaygan.
Biroq mol go‘shti (suyaksiz) 25,3%, karam 24,7%, mol go‘shti (suyakli) 24,2%, kungaboqar moyi 22,6% va piyoz 18,9% ga qimmatlashgan. Umuman olganda, iste’mol narxlari indeksidagi 170 ta oziq-ovqat mahsulotining 88% ida yillik o‘sish 10% dan kam bo‘lgan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari segmentida propan (–18%), A4 qog‘oz (–3,9%) va yirik oshxona jihozlari (–3,5%) narxlari arzonlashgan. Shu bilan birga, nikoh uzugi 33,4%, metan 30,5%, gazetalar va jurnallar 15,3%, benzin 11,7% ga oshgan. Iste’mol narxlari indeksidagi 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 97% ida yillik narx o‘sishi 10% dan kam bo‘lgan.
Xizmatlar bozorida esa pul o‘tkazmalari (–4,8%) va mikromoliyaviy xizmatlar (–0,2%) arzonlashgan. Biroq ichki aviareyslar 52,3%, tarmoq gazi 39,2%, sovuq suv 35,1%, chiqindi tashlash 28,6% va elektr energiyasi 18,8% ga qimmatlashgan.
Umuman, 90 turdagi xizmatlarning 66%ida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘lgani qayd etildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ