O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Yangi tuzilma hosildorlikni oshirish va mahsulot eksporti hajmini ko‘paytirish strategiyasini ishlab chiqadi

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, loyiha ofisi alohida yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi va uning umumiy shtat birligi 6 nafar xodimdan iborat bo‘ladi. Xodimlar Qishloq xo‘jaligi vazirligidan shtatlarni optimallashtirish doirasida o‘tkaziladi. Loyiha ofisi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining investitsiyalar, eksport va agrar sektor masalalari bo‘yicha yo‘nalishiga bo‘ysunadi.

Tuzilmaning asosiy vazifalari issiqxonalarni rivojlantirish dasturi uchun texnik talablarni shakllantirish, xalqaro konsalting kompaniyalari tavsiyalarini joriy etish hamda sohada islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida institutsional tahlil o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Loyiha ofisi faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tashkilot Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida faoliyat olib boradi. Loyiha ofisi vaqtinchalik tuzilma bo‘lib, maqsadli dastur tasdiqlanib, doimiy boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgach, tugatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi