Toshkent shahrida isitish mavsumi 18-martdan yakunlanadi

Ta’kidlanishicha, havo harorati isitish mavsumini yakunlash me’yoriga mos keladi

Toshkent shahrida isitish mavsumi 18-martdan yakunlanadi

18-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kundan keyingi kundan tamomlanadi.

So‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18−19 va undan yuqori, kechalari esa +8 darajadan pastga tushmayapti. Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20−22, kechasi esa +10 darajadan yuqori bo‘ladi.

Ayni paytning o‘zida ham poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12−13 darajadan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi, deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, 2024−2025-yillardagi isitish mavsumi joriy yilning 18-martidan boshlab yakunlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi