O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi

Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘mga yetkaziladi

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdori 7% ga oshiriladi.

Shundan so‘ng yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 983 ming so‘mni, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori esa 1 mln 83 ming so‘mni tashkil etadi.

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar uchun bolalar nafaqasining oylik miqdori quyidagicha belgilanadi:

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 386 ming so‘m;
  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 295 ming so‘m;
  • oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 177 ming so‘m;
  • uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha — 118 ming so‘m.

Mazkur oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 450 ming so‘m etib belgilanadi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori ham 7% ga oshiriladi.

Farmon bilan 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 504 ming so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, 1-sentyabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘mga, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘mga yetkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Namanganga $5 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Namanganga $5 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
Prezident Yangi Namanganda IT-park qurilishiga start berdi
/
Prezident Yangi Namanganda IT-park qurilishiga start berdi