YETTB O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%ga tushirdi

Belgilangan o'sish darajasiga erishish uchun bozor islohotlarini davom ettirish va infratuzilmaga sarmoya kiritish zarur bo'ladi

YETTB O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%ga tushirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) 2024 va 2025 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotining 6%ga o’sishini prognoz qilmoqda. Bu haqda bank hisobotidan ma’lum bo’ldi.

Belgilangan o’sish darajasiga erishish uchun bozor islohotlarini davom ettirish va infratuzilmaga sarmoya kiritish zarur bo’ladi. Biroq, mineral yoqilg’i importining ko’payishiga olib kelgan mavjud energiya tanqisligi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini cheklashi mumkin.

Shuningdek, YETTB hisobotida Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrikaning rivojlanayotgan bozorlari iqtisodiyoti 2024-yilda 2,8%ga, 2025-yilda esa 3,5%ga o’sishi prognoz qilingan. Avvalroq, may oyida 3% va 3,6% o’sishi kutilgan edi.

Prognozning pasayishi bir necha omillar bilan bog’liq: Yevropaning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotining zaiflashishi, Qozog’iston va O’zbekistonda foydali qazilmalarni qazib olishda turg’unlik, G’azo sektoridagi davom etayotgan mojaro va Marokash va Tunisdagi jiddiy qurg’oqchilik.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“TBC Bank Group” “OLX Uzbekistan” nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi
/
“TBC Bank Group” “OLX Uzbekistan” nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% gacha pasaytirdi
O‘zbekistonda propiskaga rozilikni onlayn rasmiylashtirish platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda propiskaga rozilikni onlayn rasmiylashtirish platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda