Yoshlarni iqlimga o‘qitish uchun mamlakatda $7,5 mln ajratiladi

Loyiha orqali 1,3 mln nafar yosh qamrab olinishi rejalashtirilmoqda

Yoshlarni iqlimga o‘qitish uchun mamlakatda $7,5 mln ajratiladi

“Iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” loyihasi boshlandi, deb xabar qilmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Umumiy qiymati $7,5 mln bo‘lgan mazkur tashabbus BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Ta’lim hamma narsadan ustun” (Education Above AllEAA) jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Zamin xalqaro jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Uch yillik loyiha 1,3 mln yoshni qamrab oladi va ularni iqlim bo‘yicha yetakchilik ko‘nikmalariga o‘qitadi.

Loyiha quyidagilarni rejalashtirmoqda:

  • Maktab o‘quv dasturlariga iqlim ta’limi va atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini kiritish;
  • iqlim masalalari bo‘yicha darslar o‘tkazish uchun 50 ming o‘qituvchining malakasini oshirish;
  • respublikaning yetti viloyatidagi maktablarga 3 ming dona o‘quv qurollari to‘plamini yeg‘tkazish;
  • 4 ming nafar talabani qayta tiklanadigan energiya manbalari va iqlimga mos qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitish.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri “Yosh yashil elchilar” tarmog‘i orqali 800 nafar qishloq yoshlarini mahalliy ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi.

Loyiha doirasida innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqlim bo‘yicha milliy tashabbus tanlovlari ham o‘tkaziladi. Eng yaxshi loyihalar xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi va ularning mualliflari global ekologik harakatlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha O‘zbekistonning iqlim strategiyasi hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” dasturini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi