Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi

Bir dona qimmatli qog‘ozning nominal qiymati 1 ming so‘mni tashkil etadi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi

23-iyun kuni Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi aksiyadorlari 433,6 mlrd so‘mlik yangi aksiyalar chiqarishni ma’qullashdi.

Har birining nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 433,6 mln dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi.

Kompaniya 2020-yilda prezident farmoni asosida tashkil etilgan. O‘shandan buyon kompaniya ipoteka kreditlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 4,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi va 590 mlrd so‘mdan ziyod obligatsiyalarni joylashtirdi. Kelgusi ikki yil ichida u ichki va xalqaro bozorlarda $500 mln miqdorida mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi