Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga $30 mln miqdorida qarz ajratadi

Mablag’ inklyuziv va ekologik ipotekani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga $30 mln miqdorida qarz ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga (IQK) $30 mln ajratishni ma’qulladi.

Ushbu qarz mablag‘i O‘zbekistonda inklyuziv va ekologik ipotekani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bunda o‘zbekistonlik ayollarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

“Loyiha ayollarning ehtiyojlariga va O‘zbekistonda ekologik rekonstruksiya uchun ipoteka kreditlariga e’tibor qaratish orqali ipoteka kreditlarining ommabopligini oshiradi”, – deya ta’kidlangan qarz tavsifida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabul qilmoqda. Poytaxt, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi hujjatlarni topshirishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi