Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi

Subsidiyalar avvalgi taqsimot bosqichlaridan keyin foydalanilmay qolgan mablag‘lar hisobidan ajratilmoqda

Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi

O‘zbekistonda 27-iyuldan boshlab fuqarolardan uy-joy kreditlarini rasmiylashtirishda subsidiyalar olish uchun arizalar qabul qilina boshlaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Arizalar qabuli soat 15:00 da boshlanadi. Subsidiyalar avvalgi taqsimot bosqichlaridan keyin foydalanilmay qolgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i O‘zbekiston hududida uy-joy mulkiga ega bo‘lmasligi, oilaning o‘rtacha oylik daromadi esa belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, nomzodlar dasturda ishtirok etayotgan 15 ta tijorat bankidan kamida bittasida kredit tarixini tekshirtirishi kerak. OneID tizimi orqali ariza topshirishda shaxsiy moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga rozilik berish talab etiladi. Mazkur roziliksiz hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin.

Harbiy idoralar xodimlari uchun alohida tartib amal qiladi — ular shaxsan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi kerak.

Fuqarolarning moliyaviy holatini quyidagi 15 ta tijorat banki baholaydi: Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, BRB, Hamkorbank, Ipak Yo‘li Bank, Ipoteka-bank, Mikrokreditbank, Orient Finans Bank, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, O‘zmilliybank va SQB.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi