Markaziy bank ipoteka kreditlari ajratilish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi

Bu kredit berishdan bosh tortilganda shaffoflikni ta’minlash, kredit berishda qarz yukini hisobga olish kabi maqsadlarga qaratilgan

Markaziy bank ipoteka kreditlari ajratilish haqidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi tomonidan Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, kiritilgan o‘zgartirishlar kredit berishdan bosh tortilganda shaffoflikni ta’minlash, kredit berishda qarz yukini hisobga olish, kredit va garov qiymatining o‘zaro munosabatini hisoblash maqsadlariga qaratilgan.

Endilikda, agar bank ipoteka kreditini berishdan bosh tortsa, qarz oluvchiga ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan yozma xabarnoma taqdim etilishi shart. Ilgari esa qarz oluvchiga tushuntirishsiz faqat qaror nusxasi yuborilar edi.

Banklar ipoteka kreditini berish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval qarz oluvchining mavjud qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash majburiyati joriy etildi. Qarz yuki ko‘rsatkichi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.

Bu o‘zgartirish avval tavsiya etib kelingan yondashuvni rasmiylashtiradi — ya’ni, banklar qarz berganda qarz oluvchining moliyaviy yukini inobatga olishi, ortiqcha to‘lov muddatlari va moliyaviy bosimdan qochishi kerak.

Agar ipoteka predmeti bankning talablariga javob bersa, ipoteka kreditining individual parametrlarini aniqlash uchun bank kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichini hisoblaydi. Bu ko‘rsatkich ipoteka kreditining individual parametrlarini belgilashda foydalaniladi va 3618-raqamli Nizom bilan tartibga solinadi.

Garov qiymatini baholash maxsus baholovchi xulosasi yoki ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan narx asosida amalga oshirilishi mumkin. Ilgari bunday hisoblash amaliyoti bor edi, lekin garov qiymatini baholash usullari normativ jihatdan aniq belgilanmagan edi.

Hujjat Milliy qonunchilik ma’lumotlari bazasida e’lon qilindi va 2025-yil 24-iyuldan kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi