O‘zbekistonda ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

Nomzodlar ijtimoiy shkala bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi, uy-joyi yoki muddati o‘tgan qarzi bo‘lmasligi kerak

O‘zbekistonda ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zbekistonda 2-oktabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Prezidentning 21-fevraldagi farmoniga muvofiq, 2025-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni 2024-yilga nisbatan 1,5 baravar oshirildi — 30 mingtagacha ariza beruvchi ipoteka yordamini oladi. Buning uchun davlat budjetidan 2,5 trln so‘m, ipoteka kreditlarining o‘ziga esa 20,9 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 2-oktabr kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Subsidiya olishga ariza qoldirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish lozim:

  • davlat xizmatlari markazlariga.
  • my.gov.uz portali orqali onlayn.

Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plagan bo‘lishi lozim.

Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 so‘m) — 8 baravargacha (9 240 000 so‘m);
  • Toshkent shahrida: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 so‘m) — 9,2 baravargacha (10 626 000 so‘m).

Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika bo‘ylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldingi bosqich iyul oyida bo‘lib o‘tgandi.

Avvalroq Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahrida ipoteka kreditlari uchun subsidiya miqdorini oshirishni taklif qilgandi. Uning so’zlariga ko’ra, poytaxtda narxlar yuqori va subsidiya miqdori aholi ehtiyojini to‘liq qoplamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi