Ipoteka bank OTP Group’ning 2026-yilning I choragi bo‘yicha MHXSga muvofiq moliyaviy natijalari

Bankning kapital o‘tgan yilga nisbatan 14,8%ga o‘sib, 9,37 trln so‘mga yetdi

Ipoteka bank OTP Group’ning 2026-yilning I choragi bo‘yicha MHXSga muvofiq moliyaviy natijalari

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Ipoteka bank OTP Group’ning sof foydasi 579,2 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu $47,7 mlnga teng. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 32,9%ni tashkil etib, bankning tizimli faoliyati va muvaffaqiyatli transformatsiyasini tasdiqlaydi.

Jami kapital o‘tgan yilga nisbatan 14,8%ga o‘sib, 9,37 trln so‘mga yetdi, bu $768 mlnga teng. Operatsion foyda esa 637,8 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu $52,6 mlnga teng bo‘lib, yilma-yil 25,4% o‘sishni namoyish etdi.

Xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichi — ROE 25,9%ni tashkil etdi.
Kapital yetarliligi ko‘rsatkichi — CAR 19,1%ni tashkil etdi.
Aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichi — ROA 4,2%ni tashkil etdi.

Barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari — MHXSga muvofiq taqdim etilgan.

Avvalroq Ipoteka bank OTP Group 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha BHMSga muvofiq moliyaviy natijalarini e’lon qilgan edi. Ushbu natijalarga ko‘ra, bank O‘zbekiston banklari orasida eng yuqori sof foyda ko‘rsatkichini qayd etdi. Ipoteka bank OTP Group hissasiga mamlakat bank tizimi umumiy foydasining 15%dan ortig‘i to‘g‘ri keldi. Bank ushbu natijalarga qanday erishgani haqida batafsil Ipoteka bank OTP Group blogida o‘qing.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi mijozlar tajribasining yaxshilanishi va raqamli xizmatlarning rivojlanishi bilan birga kechmoqda. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, filiallarda xizmat ko‘rsatishning amaldagi sifatini aks ettiruvchi Mystery Shopping ko‘rsatkichi 89%ga yetdi. Oylik faol raqamli foydalanuvchilar soni — MAU 584,7 ming nafarga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,7%ga oshdi.

Mijozlarning bankni boshqalarga tavsiya qilishga tayyorligini aks ettiruvchi NPS sodiqlik indeksi o‘tgan yilga nisbatan 36%dan 59,2%gacha o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkichlar mijozlar bankning kundalik faoliyatida xizmat sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi va mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik darajasidagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rayotganini tasdiqlaydi.

Keng ko‘lamli transformatsiyadan so‘ng Ipoteka bank OTP Group barqaror va foydali o‘sish bosqichiga chiqdi. Biz moliyaviy ko‘rsatkichlardagi pozitsiyalarimizni mustahkamlash, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va mijozlar tajribasini yaxshilashda davom etmoqdamiz. Raqamlar buni yaqqol ko‘rsatib turibdi: o‘sish bosqichi boshlandi, — deya birinchi chorak yakunlarini sarhisob qildi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi raisi Sandro Rtveladze.

Guruh darajasida OTP ham 2026-yilning birinchi choragini yuqori natijalar bilan yakunladi: ishlayotgan kredit portfeli hajmi 3,4%ga o‘sdi, kapital rentabelligi ko‘rsatkichi — ROE esa 23,5%ga yetdi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Jaloliddin Manguberdi” yo‘lovchi poyezdining tantanali jo‘natilishi bo‘lib o‘tdi
/
“Jaloliddin Manguberdi” yo‘lovchi poyezdining tantanali jo‘natilishi bo‘lib o‘tdi
“Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
/
“Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Zamonaviy yo‘lovchi vagonlari: qulaylik, texnologiya va taraqqiyot uygʻunligi
/
Zamonaviy yo‘lovchi vagonlari: qulaylik, texnologiya va taraqqiyot uygʻunligi