Rossiyaning “Invoice Cafe” platformasi O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda

Bundan tashqari, kompaniya 150 mln rubl investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Invoice Cafe” platformasi O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda

Rossiyalik kraudlending platformasi “Invoice Cafe” yaqin vaqt ichida O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Kommersant nashri.

Kompaniya bosh direktori Gennadiy Fofanovga ta‘kidlashicha, O‘zbekistonda ayni paytda fintex mahsulotlari jadal rivojlanmoqda, hamda yangi o‘yinchilar uchun qulay sharoitlar shakllanmoqda.

Kompaniya, shuningdek, Rossiya ichkarisida, ayniqsa Ural tog‘laridan narida joylashgan mintaqalarda ham o‘z pozitsiyalarini kuchaytiradi. Xususan, so‘nggi to‘rt yil ichida Rossiyadagi kraudlening bozori sakkiz baravar kengaydi.

Bundan tashqari, kompaniya jiry yilda 150 mln rubl investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning sarmoya kiritishdan avvalgi qiymati 760 mln rublni tashkil qilmoqda.

U Moskva shahridagi startaplar va yuqori texnologik kompaniyalar reyestriga kiritilgan, shu bois investorlar sarflagan mablag‘larining 50%iagacha (lekin ko‘pi bilan 10 mln rubl) ni Moskvadagi Innovatsion klaster dasturi doirasida qaytarib olishlari mumkin.

“Invoice Cafe”ning hozirgi holati va prognozlari quyidagicha:

  • 2025-yil bahorida platformadan 2,5 mingdan ortiq investor foydalangan;
  • 341 ta bitim amalga oshishi, umumiy hajm esa 2,7 mlrd rublga yetishi kutilmoqda;
  • 2025-yil daromadi — 185 mln rubl;
  • 2029-yilga kelib bitimlar soni 924 taga, hajmi 13,5 mlrd rublga, daromad esa 1,2 mlrd rublga yetishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi