O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

$50 mln va undan yuqori loyihalar raqobat muhiti hamda korrupsiya xavfi bo‘yicha baholanadi

O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

Adliya vazirligi “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Hujjatga ko‘ra, moliyaviy resurslar qiymati kamida $50 mln ekvivalentida jalb etilgan hamda iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, xizmatlar yoki infratuzilmani yaratish, kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan tashabbuslar yirik investitsiya loyihalari hisoblanadi.

Mazkur loyihalarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash davlat organlari hamda tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Agar loyiha yuqori xavf darajasiga ega deb topilsa, uning maqbulligi va amalga oshirish imkoniyati yuzasidan salbiy xulosa beriladi.

Shuningdek, ekspertiza yoki baholash natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmaguncha yirik investitsiya loyihalarini ma’qullashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Future Open Technologies “Open bank”ning qolgan ulushlarini ham sotib oldi
/
Future Open Technologies “Open bank”ning qolgan ulushlarini ham sotib oldi
O‘zbekistonda minimal ish haqini 2030-yilgacha 2,1 mln so‘mga yetkazish taklif qilindi
/
O‘zbekistonda minimal ish haqini 2030-yilgacha 2,1 mln so‘mga yetkazish taklif qilindi
“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi
/
“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi