Ilon Mask va Jeff Bezos 2028-yil Samarqanddagi Xalqaro astronavtika kongressiga taklif etiladi

“O‘zbekkosmos” forumda 10 mingdan ortiq ishtirokchi kutilayotganini ma’lum qildi

Ilon Mask va Jeff Bezos 2028-yil Samarqanddagi Xalqaro astronavtika kongressiga taklif etiladi

Elon Musk hamda Jeff Bezos 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga taklif etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktor o‘rinbosari Muxiddin Ibrohimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 2028-yilda Samarqand shahrida Xalqaro astronavtika kongressini o‘tkazish huquqining qo‘lga kiritilishi tarixiy yutuq hisoblanadi. International Astronautical Federation O‘zbekistonni qisqa muddatda erishilgan natijalar, yuqori ambitsiyalar va kosmik hamjamiyatdagi ijobiy obro‘ sababli tanlagan.

Kongressni o‘tkazish katta mas’uliyat ekani ta’kidlanib, tadbirga 10 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilmoqda. Shu bois “Uzbekkosmos” kelgusi ikki yil davomida xalqaro kosmik hamjamiyat bilan faol hamkorlik olib borishni rejalashtirgan.

Muxiddin Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, kongress doirasida nafaqat Ilon Mask va Jeff Bezos, balki kosmonavtika sohasidagi boshqa yetakchi shaxslar ham taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oktabr oyida Sydney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida minglab xalqaro ekspertlarning bir ovozdan qarori bilan 2028-yilgi forum mezbonligi Samarqand shahriga berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
/
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
/
O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi
/
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi