Ilon Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylandi

Uning kompaniyasi SpaceX tarixdagi eng yirik IPO orqali $75 mlrd jalb qildi

Ilon Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylandi

Ilon Maskga tegishli “SpaceX” kompaniyasi AQSH tarixidagi eng yirik IPOlardan birini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Reuters. Kompaniya aksiyalarining bir donasi $135 dan baholanib, jami 555,56 mln dona aksiya sotildi.

Natijada kompaniya $75 mlrd mablag‘ jalb qildi. IPO yakunlariga ko‘ra, “SpaceX”ning bozor kapitallashuvi $1,77 trlnga yetdi.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 12-iyun holatiga, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi $971 mlrdni tashkil etadi. Tesla va boshqa aktivlarini ham qo‘shganda, uning umumiy boyligi $1,1 trlnga yetgan.

Bu ko‘rsatkich kompaniyani AQSHdagi eng yirik ommaviy kompaniyalar qatoriga olib chiqadi. “Nasdaq” birjasida savdolar boshlangach, “SpaceX” mamlakatdagi yettinchi eng qimmat kompaniyaga aylanishi kutilmoqda.

Kompaniya qiymati bo‘yicha “JPMorgan Chase”, “Berkshire Hathaway”, “Eli Lilly”, “Tesla” va “Meta” kabi yirik korporatsiyalarni ortda qoldirgan.

IPO jarayoni bir qator an’anaviy Uoll-strit qoidalaridan chetga chiqqan holda o‘tkazildi. Xususan, aksiyalarning 30%i chakana investorlar uchun ajratilgan. Bundan tashqari, IPO narxi odatda qo‘llaniladigan yakuniy muzokaralar bosqichidan oldin e’lon qilingan.

Shuningdek, IPO yakunlanganidan so‘ng ham Ilon Mask kompaniyadagi ovoz berish huquqining 82% ini o‘zida saqlab qolgan.

Biroq The Washington Post nashrining ta’kidlashicha, SpaceX tomonidan Maskka ajratilgan ayrim aksiyalar kompaniyaning uzoq muddatli va ambitsiyali loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi. Shu bois ayrim ekspertlar Maskni hozirdanoq tarixdagi ilk trillioner deb atashga shoshilmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Shu sababli ushbu aksiyalar hisobga olinmasa, Maskning boyligi hozircha rasman $1 trlndan oshmagan bo‘lishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yo‘l bezoriligi uchun avtomobilni musodara qilish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yo‘l bezoriligi uchun avtomobilni musodara qilish rejalashtirilmoqda
Andijon va Termiz yo‘nalishlari uchun 8 ta Hyundai Rotem poyezdi sotib olinadi
/
Andijon va Termiz yo‘nalishlari uchun 8 ta Hyundai Rotem poyezdi sotib olinadi
Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 19,7% ni tashkil etdi
/
Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 19,7% ni tashkil etdi