Ilon Maskning kompaniyasi Apple va OpenAI’ga qarshi sud da’vosi kiritdi

Ular sun’iy intellekt sohasidagi raqobatga to‘sqinlik qilish maqsadida noqonuniy til biriktirganlikda ayblanmoqda

Ilon Maskning kompaniyasi Apple va OpenAI’ga qarshi sud da’vosi kiritdi

Milliarder Ilon Maskka tegishli xAI sun’iy intellekt startapi Texas federal sudiga Apple va ChatGPT’ni yaratgan OpenAI’ga qarshi da’vo arizasi topshirdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Amerikalik tadbirkorning kompaniyasi ularni sun’iy intellekt sohasidagi raqobatga to‘sqinlik qilish maqsadida noqonuniy til biriktirganlikda ayblayapti.

Da’vo arizasida aytilishicha, Apple va OpenAI “o‘z monopoliyalarini saqlab qolish va X hamda xAI kabi innovatorlarga raqobatchi bo‘lish imkoniyatini bermaslik” uchun bozorlarni egallab olgan. Ta’kidlanishicha, Apple OpenAI bilan hamkorlikda ChatGPT’ni iPhone, iPad va Mac operatsion tizimlariga joriy etgan.

Da’vo arizasida qayd etilishicha, agar OpenAI bilan eksklyuziv kelishuv bo‘lmaganida, Apple o‘zining App Store’ida X va Grok ilovalarini ko‘zga ko‘rinarli joylarga joylashtirmaslikka hech qanday asosi bo‘lmas edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
/
Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi
/
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
/
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi