2024-yilda ILMA aksionerlarga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ni undirib berdi
Agentlik yil davomida dividendlarni undirish masalasida 20 ta da’vo arizani kiritgan
Фото: НАПП
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda kapital bozori ishtirokchilaridan 703 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 54 tasi yuridik shaxslardan, 649 tasi esa jismoniy shaxslardan bo‘lgan.
Asosan, murojaatlar aksionerlarga dividendlar undirish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Natijada, aksionerlarga jami 2,05 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi, ulardan 1,55 mlrd so‘m yuridik shaxslarga, 500 mln so‘m esa jismoniy shaxslarga to‘landi.
Shuningdek, 2023-yilning 1-oktabridan 2025-yilning 1-yanvarigacha aksionerlarga undirilgan jami mablag‘lar hajmi 3,25 mlrd so‘mni tashkil qilgan
Agentlik tomonidan aksiyalar bo‘yicha dividendlarni undirish uchun iqtisodiy sudlarga 20 ta da’vo arizasi yuborilgan. Sudlar tomonidan 3,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ