ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda

Nizom ipoteka obligatsiyalarini sinovdan o‘tkazish uchun ilk huquqiy asos hisoblanadi

ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjatning asosiy maqsadi maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va kuzatib borish tartibini belgilashdan iborat.

Nizom ariza beruvchilarga qo‘yiladigan talablarni, arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartib-taomillarini, ishtirokchilar reestrini yuritishni, ishtirokchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilish jarayonlarini, shu jumladan hisobotlarni va ularni Qumdondan chiqarib yuborish mexanizmini tartibga soladi.

Bu nizom — ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha tajriba loyihalarini sinab ko‘rish uchun zarur huquqiy asosni yaratadigan birinchi rasmiy hujjat hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apex Bank xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
/
Apex Bank xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi
/
Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi