ILMA Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasi litsenziyasini bekor qildi

Regulyator avvalroq kompaniya faoliyatini moliyaviy qonunbuzarliklar sabab bir necha bor cheklagandi

ILMA Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasi litsenziyasini bekor qildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyida berilgan litsenziya 2026-yil 9-maydan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu bilan birga, kompaniya avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarishi shartligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ILMA 6-may kuni Leo Finance Sug‘urta Broker kompaniyasining brokerlik litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur qaror 10-maydan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oktabr oyida agentlik moliyaviy ko‘rsatkichlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklar sabab Global Insurance Group faoliyatini 10 kunga to‘xtatgan edi. Shuningdek, kompaniyaga 35 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanib, mijozlarga kamchiliklar bartaraf etilmaguncha ushbu sug‘urtalovchi orqali polis rasmiylashtirmaslik tavsiya qilingan.

Regulyator o‘sha davrda yana uchta sug‘urta kompaniyasiga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llagan. Xususan, eng yirik jarima — 50 mln so‘m Alskom kompaniyasiga solingan. Inson kompaniyasi 40 mln so‘m, Semurg Insurance esa 31,5 mln so‘m jarimaga tortilgan.

Shuningdek, 2025-yil 8-noyabrdan boshlab Global Insurance Group litsenziyasi olti oy muddatga to‘xtatilgan edi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya tegishli arizani ixtiyoriy ravishda taqdim etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yangi kompensatsiya va subsidiyalar joriy etiladi
/
O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yangi kompensatsiya va subsidiyalar joriy etiladi
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi