ILMA to‘rtta sug‘urta tashkilotlariga 156,5 mln so‘mlik jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarida qonunbuzarlik aniqlangan

ILMA to‘rtta sug‘urta tashkilotlariga 156,5 mln so‘mlik jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish doirasida ayrim kompaniyalarga jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Agentlik xabariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rganilib, qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holatlar aniqlangan. Natijada to‘rt tashkilotga jami 156,5 mln so‘mlik jarima solingan.

Jarima sanksiyalari qo‘llangan sug‘urta kompaniyalari:

  • “Global Insurance Group” AJ ST — 35 mln so‘m;
  • “Semurg Insurance” AJ — 31,5 mln so‘m;
  • “Inson” AJ ST — 40 mln so‘m;
  • “Alskom Sug‘urta Kompaniyasi” AJ — 50 mln so‘m.

Agentlik ushbu choralar sug‘urta bozorida moliyaviy intizomni mustahkamlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
/
Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
/
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi