O‘zbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha birinchi birja bitimi tuzildi

“Xalq banki” ishtirokida 40,56 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari joylashtirildi

O‘zbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha birinchi birja bitimi tuzildi

O‘zbekistonda ilk bor ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiyalar bo‘yicha birja bitimi amalga oshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya huzuridagi “UMRC SPV” MCHJ tomonidan mamlakat tarixida ilk marta ipoteka obligatsiyalari muomalaga chiqarildi. Bu O‘zbekiston kapital bozorida ipoteka kreditlari bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarning birinchi emissiyasi hisoblanadi.

Loyiha Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Farmonga muvofiq, maxsus vakolatli tashkilot tijorat banklarining ipoteka kreditlari portfeli asosida tajriba tariqasida jami 200 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini chiqarishi va ularni “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali joylashtirishi belgilangan.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 2026-yil 8-iyul kuni 40,56 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari yopiq obuna orqali “Xalq banki” ishtirokida joylashtirildi.

Qayd etilishicha, ushbu bitim ipoteka obligatsiyalarining birja savdolaridagi muomalasiga amaliy start berib, O‘zbekiston kapital bozorida yangi moliyaviy instrumentdan foydalanish imkoniyatini yaratdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
/
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi
/
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi