Endilikda san’at vakillari uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50%i qoplab beriladi

Boshqa hududdan kelib ishlayotganlarga esa ijara xarajatlari uchun oyiga 2,5 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi

Endilikda san’at vakillari uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50%i qoplab beriladi

1-iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilinishicha, endilikda har yili ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50%i qoplab beriladi.

Qayd etilishicha, ijodiy tashkilotlar, madaniyat va san’at muassasalariga boshqa hududdan kelib ishlayotgan soha vakillari ham ko‘p. Bugundan boshlab ularga uy-joy ijarasi uchun Toshkent shahrida oyiga 2,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda 1,6 mln so‘mgacha xarajatini qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili faoliyatida yaxshi natijaga erishgan ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana 2 ming nafar ijodkorga davlat tomonidan tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga sanatoriylariga bepul yo‘llanma beriladi.

15-iyundan xalq artisti, xalq shoiri, xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonga ega ijodkorlarning aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanishi ta’minlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nvidia direktorlar kengashi Jensen Xuangni lavozimidan chetlatilishi mumkin
/
Nvidia direktorlar kengashi Jensen Xuangni lavozimidan chetlatilishi mumkin
O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi
/
O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi
Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi
/
Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi