“Humo” to‘lov tizimiga yangi rahbar tayinlandi

Kuzatuv kengashi raisi Ulug'bek Baxadirov kompaniyaning boshqaruvi raisi lavozimiga ko‘tarildi

“Humo” to‘lov tizimiga yangi rahbar tayinlandi

Baxadirov Ulug’bek Xodjiturayevich 15-sentabr kuni “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (“Humo” to‘lov tizimi) boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u kompaniya kuzatuv kengashi raisi lavozimida edi.

“Poytaxt bank” ma’lumotlariga ko’ra, bankning Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, iqtisodchi.

Ulug’bek Baxadirov, shuningdek, Quruq beton aralashmalar ishlab chiqaruvchi “Artmix Trade” MCHJ ning ta’sischilaridan biri hisoblanib, kompaniyaning 50% ulushiga egalik qiladi.

Sarixodjayev Dilshod Shuxratovich esa Ulug’bek Baxadirov o‘rniga kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi.

Kapital.uz avvalroq yangi rahbar tayinlangunga qadar kompaniyani Maqsadjon Muhitdinov boshqarib kelayotgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
/
NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
/
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi
/
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi