TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
Toshkentda turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar reklama, marketing va ijodkorlik sohasidagi asosiy trendlarni muhokama qilishadi
Brendingiz bozorda yetakchi maqomlarni egallashini istaysizmi? Savdolarni oshirish, taniqlilikni kuchaytirish va brendga nisbatan haqiqiy sadoqatni mustahkamlashni xohlaysizmi? Qanday marketing vositalari va kreativ yondashuvlar bugun ish berishi – va ertaga bizni nima kutishi sizni o‘ylantirmoqdami? Balki, yangi hamkorlar, insaytlar va keng ko‘lamli intilish uchun ilhom izlayotgandirsiz?
Unda TAF!26 – Markaziy Osiyodagi eng yirik reklama va marketing voqeasi – aynan sizga kerakli tadbir! Bu yerda siz real bilimlarga, sinalgan keyslarga, eng yaxshi ekspertlar bilan muloqot va reklama olamiga sho‘ng‘ish imkoniga ega bo‘lasiz.
2026-yil 10-oktyabrda Toshkentda, “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Sakkizinchi Toshkent TAF!26 xalqaro reklama festivali o‘tadi. Dasturda – 7 ta sahnada xalqaro konferensiya, samaradorlik va kreativlik tanlovi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi va xalqaro ekspertlar bilan panel muhokamalari – ular qarshingizda marketing va kreativ olamining yangi ufqlarini ochadi.
Nega bu yilgi TAF!26 festivalida qatnashish siz uchun manfaatli?
- Allaqachon amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha ekspertlik tajribasining ulkan hajmi hamda bugun ish beradigan, ertaga ham dolzarbligini yo‘qotmaydigan sinalgan vositalardan foydalanish;
- O‘zbekiston, RF, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya. Bolgariya, Singapur va boshqa mamlakatlardan yetakchi ekspertlar va bozor yetakchilari bilan shaxsan tanishish imkoniyati;
- Biznesingiz yoki karyerangizni yangi bosqichga olib chiqa oladigan amaliy aloqalar va hamkorlik;
- Festival hamkorlaridan sovg‘alar va syurprizlar – bu yil ular ayniqsa serob.
Festival kim uchun foydali bo‘ladi?
- Xalqaro miqyosda o‘sish va raqobat qilish istagida bo‘lgan biznes sohiblari;
- Innovatsiyalarni tatbiq etishga intiluvchi kompaniyalar va marketing bo‘limlari rahbarlari;
- Soha voqealarining markazida bo‘lishni istaydigan marketologlar va reklama agentliklarining xodimlari
- Rivojlanishni va mijozlar bazasini kengaytirishga intilayotgan frilanserlar;
- Reklama tarmog‘i bilan qiziquvchi barcha.
Dastur va format
Tongda – ochilish, hamkorlar qutlovi, Qirg‘iziston va Ozarboyjon reklama uyushmalari o‘rtasida Hamkorlik memorandumining imzolanishi va xalqaro ekspertlar panel muhokamasi. Keyin konferensiya darhol 6 ta zal va 7 ta panel seksiyasiga taqsimlanadi – hammasini tinglash jismonan ilojsiz, shu sababli tashkilotchilar barcha qatnashchilarga hamma chiqishlarning yozuvlari bilan tanishish imkonini beradi.
Oqshomda – TAF!26 tanlovi xalqaro hay’ati a’zolarining panel muhokamasi (unda ekspertlar tanlovga kelib tushgan keyslarni muhokama qiladilar); festival hamkorlari hamda 35 ta nominatsiyada xalqaro hay’at qarorifa ko‘ra tanlangan tanlov g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi; shuningdek “Industry Choice” ilk industriya sovrinlarini topshirish.
Diyor Mirzaahmedov, O‘zbekiston marketing uyushmasi boqsharuvi raisi, TAF!26 festivali tashkilotchisi:
“Yilda bir marta biz barcha muvaffaqiyatli va faol industriya vakillarini bir maydonga jamlaymiz – festivalning asosiy qimmati shunda. Bu yil biz, oldingi festivallarda orttirgan tajribamizga asoslanib, barcha sahnalarni mahalliy ekspertlarga taqdim etamiz: aynan ular mahalliy kun tartibini hammadan yaxshi biladilar va bozorimizda nima ish berishini tushunadilar. Ammo shu bilan birga, spiker sifatida TAF!26 tanlovi xalqaro hay’atining juda mashhur a’zolarini olib kelamiz – toki qatnashchilarda tanlov keyslarini ular bilan shaxsan muhokama qilish va ular xalqaro miqyosda qanday baholashlarini tinglash imkoni bo‘lsin. Bunday mahalliy va global qarashlarning uyg‘unligi konferensiyaning o‘ziga xosligini ta’minlaydi”.
TAF!26 konferensiyasining qiziqarli mavzulari va spikerlaridan misollar
Konferensiya bir paytda 6 ta zalda 7 ta seksiyada bo‘lib o‘tadi – quyida bu kunni oldindan rejalashtirishga arziydigan mavzulardan ayrimlarinigina keltiramiz.
Impact Session — plenar qism
Festival ochilishi, Qirg‘iziston va Ozarboyjon reklama uyushmalari o‘rtasida memorandum imzolanishi, “Uzum Market” ekspertlarining chiqishlarii va xalqaro ekspertlarning panel muhokamalari butun kunga tatiydi.
Digital communications
- Igor Kim va Lizaveta Yelinevich (Wunder Digital) — “AI davrida Google Ads: avtomatizatsiyadan biznes-natija sari”
- Nana Mardoyan (Ipak Yuli Bank va MONIX) — “Byudjetlar poygasidan keyingi bank marketingi: hamma bir xil narsa sotayotganda qanday o‘sish va qizib ketgan bozorda barqaror o‘sishni qurish mumkin”
- Odilbek Qodirboyev (Yandex Ads) — “Dijital-radar: O‘zbekistonda media-iste’mol va reklama formatlari qanday o‘zgarmoqda”
- Gabit Manapov (Okori Media Group) — “Biznes vazifasiga ko‘ra digital-kanallar: to‘g‘ri mediamiks qanday tanlanadi”
- Ahmad Hayitov (Uzum Tezkor) — “Xaridlar bor joyda reklama: O‘zbekistonda Retail Media’ning yangi davri”
Seksiyada jami 11 nafar ekspert chiqish qiladi, qatnashchilarni yana dolzarb “Inhouse yoki agentlik” mavzusida panel muhokama kutadi.
Creative & Craft
- Asma Humoyun (Shiny Toy Guns, Buyuk Britaniya) — “Less Is More: How Creativity Can Create Meaningful Change”
- Vitor Menezis (VML Paris Agency, Fransiya) — “The Bar Has Never Been So Low. The Bar Has Never Been So High”
- Samuil Petkov (All Channels Communication, Bolgariya) — “Brands Need Fans, Not Consumers”
- Farhod Norboyev, (Lokals United) — “Katta brend uchun 7 qadam”
Qo‘shimchasiga – kutilmagan mehmon: stendap-komik Mirshakar Fayzullayev kreativda yumor qanday ishlashi haqida so‘zlab beradi.
Branding
- Folker Vrage (wrage / antwort, Shveytsariya) — “Say Hello to Goodbye: How Art Can Help You Sell”
- Yelena Palamarchuk (Jekyll & Hyde, Rossiya) — “Seksual brendlar qanday yaratiladi”
- Aliyar Guseynov (P&G, Azerbaydjan) — “Superiority of Branding & Design”
- Mixail Lelikov (Opencore, Rossiya) — “Yomon bo‘lish – yaxshimi? Brendning negativ obrazini farqli nuqtaga qanday aylantirish mumkin”
Mahalliy nigoh — Aleksandr Ustinov O‘zbekiston raqamli bank dizayni boshqa bozorlarni nimalarga o‘rgatishi haqida so‘zlaydi.
Local opportunities
- Nosir Nosirjonov (605 Creative Agency) — “Qishloqi o‘zbeklar dunyo miqyosida kreativ bo‘la oladimi?”
- Shahzod Haydarov (Synthesis) — “Jaydari Marketing”
- Go‘zal Gapilova ( iTV) — “Brend pozitsiyalash va brend tanlash sabablari”
- Izzatullo Habibullayev (Meridians Marketing) — “Telegram Ads’da qanday qilib real natija olish mumkin: strategiyadan sotuvgacha”
Seksiyaning aksariyat ma’ruzalari – o‘zbek tilida, har kuni mahalliy audioriya bilan ishlaydigan amaliyotchilardan.
PR, Reputation & Media
- Timur Abdulin (Repost, Index) — “2027-yilda biznes obro‘siga qancha sarflash kerak va uni barbod qilmaslik yo‘li”
- Jasur Karimov (ISHONCH) — “PR va sport: Javohir Sindarov bilan kollaboratsiya nima berdi?”
- Denis Roman (We Digital) — “Kontent fabrika: ommaviy UGC (user generated content) brend vazifalarini qanday hal qiladi”
- Ilyos Solihov (CS Play CityScreen, Singapur) — “Tashqi reklama shaffofligi: verifikatsiya va o‘lchov”
Seksiyani Maykl Tan, (CEO CityScreen South-East Asia) ishtirokida “Audience Measurements and Targeting in OOH” xalqaro paneli yakunlaydi.
SMM & Influence
- Natalya Sidorina (Q Agency) — “Inflyuens-marketing: ishonch tanazzuli, nega qamrovlar boshqa ishlamayapti”
- Shuhrat Ahmadjonov (8BIT-MEDIA) — “SMM ichidagi PR”
- Vitalina Dubitskaya (Zenith Lion Com) — “Ruhan global – vaybiga ko‘ra o‘zimizniki: yangi bozorda brend qanday “o‘ziniki” bo‘lib ketishi mumkin”
- Akmal Abdullayev (KASB media) — “Shaxsiy brend o‘sishi”
16:30 da esa, “Ipak Yuli Bank”dan maxsus format boshlanadi: “Marketing-navigator: ekspertlar bilan 1:1-sessiyalar” — bozorning yetakchi amaliyotchilari bilan individual uchrashuvlar.
Bu – quyidagilar makoni:
- real biznes va karyera so‘rovlari tahlili
- tizim o‘laroq, marketingda navigatsiya
- strategiya, brend, jamoalar va professional o‘sish muhokamasi
Nana Mardoyan, “Ipak Yuli Bank” hamda MONIX marketing va PR bo‘yicha direktori:
“Bugungi kunda marketologlarga yana bir universal maslahat har doim ham zarur emas. Ko‘pincha tashqaridan aniq nazar va to‘g‘ri berilgan savol vazifaning mohiyatini tezroq anglashga yordam beradi. “Marketing-navigator” butun manazarani ko‘rishga, nozik nuqtani topishga va keyingi qadam qanday bo‘lishi kerakligini tushunishga yordam beradi”.
1:1-sessiya formati, undagi ekspertlar va tadbirga ro‘yxatdan o‘tish haqidagi batafsil axborot tez orada taf26.marketing.uz saytida e’lon qilinadi.
Zallar va vaqt bo‘yicha to‘liq jadval — taf26.marketing.uz saytida.
TAF!26 konferensiyasi seksiyalarining kuratorlari
Har bir seksiya dasturi uchun kuratorlar – har birlari mavzular va spikerlarini o‘zlari saralab olgan soha ekspertlari mas’uldirlar:
- Temur Sa’diy — CEO/Dizayn-direktor, MA’NO Branding. Seksiya: Branding
- Alisher Mamadaliyev — sotuvlar va marketing bo‘yicha direktor, SAVR, Nishon Group, Kulinar. Seksiya: Creative & Craft
- Igor Kim — CEO Wunder Digital Agency Uzbekistan. Seksiya: Digital communications
- Otabek Sharapov — CEO 605 Agency. Seksiya: Local opportunities
- Shuhrat Ahmadjonov — “8BIT-MEDIA” reklama agentligining asoschisi va direktori. Seksiya: SMM & Influence
- Jasur Po‘latov — PR-direktor, “Index” obro‘ agentligi. Seksiya: PR, Reputation & Media
- Shahzod Muxtorov — ORM-bo‘limi rahbari, “Index” obro‘ marketingi agentligi. Seksiya: PR, Reputation & Media
Chiptalar
Konferensiya chiptalari 600 000 so‘m turadi va barcha chiqishlarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi – parallel seksiyalar tufayli nimagadir ulgurmagan bo‘lsangiz, keyinroq ko‘rish mumkin.
20-sentyabrgacha maxsus taklif amal qiladi: chiptani TAF50 prormokodi bilan taf26.marketing.uz saytida 300 000 so‘mga xarid qilish mumkin — bu o‘z rivojingiz va biznesingiz kelajagiga investitsiyadir.
Tashkilotchilar va hamkorlar
Festival tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi. TAF!26 rasmiy hamkorlari sirasida — GEOMOTIVE, Uzcard, Ipak Yuli Bank, MONIX va Pixel Media.VIP-hamkorlar — MKBANK, Xalq Banki, Bellissimo Pizza. Smart Natoin Partner — Uztelecom, Digital-hamkor — Wunder Digital. Festivalning barcha hamkorlari konferensiya qatnashchilari uchun sovg‘alar va syurprizlar hozirlab qo‘yishgan.
Yilning eng yaxshi reklamasi bilan biznesni maksimum darajada zaryadlang!
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ