Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Prezident administratsiyasi huzurida inson kapitali va uzluksiz ta’lim bo‘yicha umummilliy konsepsiya ishlab chiqiladi

Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Prezident administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ishchi guruhga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlarni yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Korzinka supermarketlar tarmog’i Zafar Hoshimov avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga tijorat ijarasi munosabatlarini tartibga solish uchun alohida huquqiy mexanizm joriy etishni taklif qilgandi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, ayniqsa kichik biznes uchun ijara munosabatlari faoliyatni boshlash va kengaytirishda katta ahamiyatga ega. Biroq amaldagi tizimda ijara shartnomalarining qisqa muddatga tuzilishi va munosabatlarning barqaror emasligi tadbirkorlar uchun jiddiy tavakkalchilik tug‘dirmoqda.

O’sha vaqtda taklifga javoban prezident tijorat va ko‘chmas mulk ijarasi munosabatlarini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilishini bildirgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank
/
O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi