O‘zbekistonda aholining kreditga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanmoqda

3–10 mln so‘m daromadga ega aholining 57–59 foizi kreditga ehtiyoji oshishini kutmoqda

O‘zbekistonda aholining kreditga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanmoqda

2026-yilning II choragida aholining kredit olishga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanib qoldi. Markaziy bankning Iste’mol krediti sharhida keltirilishicha, kredit subindeksi 65,3 bandni tashkil etib, I chorakka nisbatan 0,2 bandga kamaydi.

Subindeksning yuqori darajada qolishi aholining kelgusida kredit olishga bo‘lgan talabi saqlanayotganini ko‘rsatadi.

Kreditga bo‘lgan ehtiyoj 3–10 mln so‘m daromadga ega aholida yuqoriroq bo‘lgan. Ushbu guruhdagi respondentlarning 57–59%i kelgusida kreditga ehtiyoji oshishini kutmoqda.

Shu bilan birga, 10–20 mln so‘m daromadga ega aholida kreditga bo‘lgan ehtiyojning oshishi bo‘yicha kutilmalar nisbatan pastroq bo‘lgan. Xususan, 15–20 mln so‘m daromadga ega respondentlarning 44%i kelgusida kreditga ehtiyoji oshishini kutmoqda. 20 mln so‘mdan yuqori daromadga ega aholida bu ko‘rsatkich 53% ni tashkil etgan.

Kredit mablag‘lari nimaga sarflanadi?

Markaziy bank kuzatuvlariga ko‘ra, aholi kredit mablag‘larini asosan uy-joy ta’miri, ta’lim va boshqa ehtiyojlar uchun sarflashni rejalashtirmoqda.

Kreditga bo‘lgan talab kundalik ehtiyojlar bilan bir qatorda yirik xaridlar va uzoq muddatli xarajatlar bilan ham bog‘liq.

Shuningdek, to‘y, avtomobil va davolanish bilan bog‘liq xarajatlar kredit mablag‘laridan foydalanishning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda.

Kelgusida kreditga bo‘lgan talab oshishini kutayotgan respondentlar ulushi 25% ni, biroz oshishini kutayotganlar 30% ni tashkil etgan. Respondentlarning 33%i talab o‘zgarmasligini, 5%i biroz kamayishini, 7%i esa kamayishini kutmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
/
NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
/
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi
/
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi