O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank

Shunga qaramay, aholining 64,3 foizi kelgusida jamg‘armalari oshishini kutmoqda

O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank

2026-yil II choragida aholining jamg‘arishga moyilligini ifodalovchi subindeks 69,2 bandni tashkil etdi. Bu I chorakka nisbatan 1,4 bandga pasaygan bo‘lsa-da, 2025-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 bandga yuqori bo‘ldi.

So‘rovnoma ishtirokchilarining 64,3% kelgusida jamg‘armalari ko‘payishini kutayotganini bildirgan. Bu ko‘rsatkich I chorakka nisbatan 1,5% bandga kamaygan.

Jamg‘armalari o‘zgarmasligini kutayotganlar ulushi 23,3% ni tashkil etdi. Bu I chorakka nisbatan 1% bandga ko‘p. Jamg‘armalari kamayishini kutayotganlar ulushi esa 12,4% bo‘ldi. I chorakda bu ko‘rsatkich 11,9% ni tashkil etgan.

Aholining qariyb yarmida jamg‘arma yo‘q

So‘rovnoma ishtirokchilarining 46,4%i kelgusi davr uchun jamg‘armasi mavjud emasligini bildirgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan chorakka nisbatan deyarli o‘zgarmagan.

Jamg‘armasi 1 oygacha, 1–3 oy, 3–6 oy va 6 oydan ortiq muddatga yetishini bildirganlar ulushida ham sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan. Bu aholining moliyaviy zaxiralari avvalgi chorakka nisbatan deyarli o‘zgarmaganini ko‘rsatadi.

2026-yil II choragida so‘rovnoma ishtirokchilarining 58,6% i moliyaviy holati yaxshilanganini bildirgan. I chorakda bu ko‘rsatkich 58% ni tashkil etgan.

Moliyaviy holati o‘zgarmaganini aytganlar ulushi 30,6% bo‘lib, chorak davomida 1,8% bandga kamaygan. Moliyaviy holati yomonlashganini bildirganlar ulushi esa biroz oshib, 10,9%ga yetgan.

Depozitlar 38% ga oshdi

Aholining jamg‘arishga bo‘lgan qiziqishi banklardagi depozitlar hajmida ham aks etmoqda. 2026-yilning birinchi yarim yilligida jami depozitlar qoldig‘i yillik hisobda 38% ga oshgan.

Milliy valyutadagi muddatli omonatlar qoldig‘i esa shu davrda 25,6% ga ko‘paygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi
/
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi