O‘zbekiston “Hikma Pharmaceuticals” va “Dar Aldawa” bilan hamkorlik qiladi

Hozirda zavod ochilishi va kompaniyaning MDH hamda Markaziy Osiyo bozoriga kirishi muhokama etilmoqda

O‘zbekiston “Hikma Pharmaceuticals” va “Dar Aldawa” bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston “Hikma Pharmaceuticals” farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Iordaniyada farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yiliga $1,5 mlrd bo‘lib, uning 85 foizgacha qismi eksportga yo‘naltiriladi. “Hikma Pharmaceuticals” esa $3,2 mlrd mahsulot ishlab chiqaradi va uni nafaqat mahalliy bozorga, balki AQSh kabi davlatlarga ham yetkazib beradi.

Farmatsevtika agentligi kompaniyaga O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan. Shuningdek, Iordaniyaning yana bir kompaniyasi — “Dar Aldawa” bilan ham hamkorlik muhokama qilinmoqda.

Idoraning baholashicha, bu Iordaniya tomoni uchun Markaziy Osiyo va MDH bozoriga kirib borish imkoniyatidir. Mintaqaning farmatsevtika bozori $10 mlrd, MDH mamlakatlariniki esa $55 mlrd deb baholanmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda umumiy qiymati $2,3 mlrd bo‘lgan 160 ta loyiha amalga oshirilmoqda. “Hikma Pharmaceuticals” va “Dar Aldawa”ning kirib kelishi yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish hamda qo‘shni davlatlarga dori-darmon eksportini oshirish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi