O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

Xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida “Sogdiana trans” MChJ qoldirildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

2025-yil 21-23-yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligida Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib otdi. Bu haqda Transport vazirligi rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Hayraton – Mozori – Sharif” temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. 

Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” MChJ “Hayraton – Mozori – Sharif” temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.

Ma’lumot uchun, loyiha qiymati 129 mln dollar, uzunligi 75 km bo‘lgan Hayraton—Mozori-Sharif temiryo‘li 2010 yilning noyabr oyida qurib bitkazilgan. Uni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini 2011 yilning dekabridan beri «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati shu’ba korxonasi «Sogdiana trans» amalga oshirib kelayotgan edi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, «Sogdiana Trans» «Hayraton—Mozori Sharif» temiryo‘liga yana 2 yil xizmat ko‘rsatishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
/
Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
/
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi