Raqobat qo‘mitasi “Hayot birja” ning litsenziya olish haqidagi arizasini qanoatlantirdi

Endilikda aksiyadorlik jamiyati tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishi mumkin

Raqobat qo‘mitasi “Hayot birja” ning litsenziya olish haqidagi arizasini qanoatlantirdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Hayot birja” AJning tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish bo‘yicha arizasi qanoatlantirdi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida e’lon qildi

Ta’kidlanishicha, Qo‘mita jamiyatga litsenziya taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi.

Yanvar oyi oxirlarida Qo‘mita “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” ning litsenziyasi 6 oyga bekor qilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
/
Nizomiy universitetining Chilonzordagi asosiy kampusi 886,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB