Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi

Shu bilan birga, ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar bozor narxida sotib olinib, egalarga yangi mashina xaridi uchun elektron vaucher beriladi

Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomobillarni bozor narxida sotib olish hamda utilizatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan transport vositalari egalaridan bozor narxida baholanib, xarid qilinadi. Avtomobil egalari bilan hisob-kitob qilish jarayonida ikki xil usul taklif etiladi:

  • yangi avtomobilning boshlang‘ich to‘lovi uchun elektron vaucher taqdim etish;
  • vaucher summasini pulga aylantirib (naqdlashtirib) berish.

Iste’molchi ushbu vaucher orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishi mumkin. Bunda vaucherdagi mablag‘ chegirma sifatida hisoblanib, qolgan to‘lovni bir yildan ortiq muddatga bo‘lib to‘lash imkoni yaratiladi.

Shu bilan birga, eski avtomashinasini o‘z vaqtida utilizatsiyaga topshirmagan fuqarolarga nisbatan moliyaviy chora qo‘llanadi. Ular yiliga bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 barobari miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi belgilangan.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent shahrining o‘zida bir kunda 600 mingga yaqin transport vositasi harakatlanadi. Bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq davlatida, jumladan, Fransiya, Germaniya, Xitoy va AQSHda eskirgan avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimi va eski mashinalar uchun jarimalar hamda shahar markaziga kirishda cheklovlar amaliyoti joriy etilgan.

Avvalroq ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanishi xabar qilingandi. Ular davlat roʻyxatidan chiqariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi