20.1.2025 | 14:00
Transport vazirligi yo‘lovchi tashish bo‘yicha tender e’lon qildi
Yo‘nalish qatnovlari faqat Surxondaryo viloyatiga tegishli
Фото: Министерство транспорта
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Surxondaryo viloyatida shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni tashkil etish uchun ochiq elektron tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Tender Transport vazirligi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 18-fevral kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi
Shuningdek, takliflari e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yilning 10-fevral kuni soat 17-00 ga qadar qabul qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ