Hamkorbankdan “Hamkorlar” krediti — biznes birga rivojlantirish

Dastur doirasida to‘rt nafargacha biznes hamkor o‘zaro kafillik asosida bir vaqtning o‘zida kredit olishi mumkin

Hamkorbankdan “Hamkorlar” krediti — biznes birga rivojlantirish

Muvaffaqiyatli biznes ko‘pincha ishonchli hamkorlik munosabatlari asosida quriladi. Hamkorbank tadbirkorlar uchun noyob moliyaviy yechim — “Hamkorlar” kreditini taklif etadi. Ushbu kredit birgalikda biznes yuritayotgan va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor jamoalar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Ishonch va o‘zaro kafolatga asoslangan moliyalashtirish

“Hamkorlar” dasturi doirasida to‘rt nafargacha biznes hamkor o‘zaro kafillik asosida bir vaqtning o‘zida kredit olishi mumkin.
Har bir hamkor o‘z biznesini rivojlantirish uchun teng miqdorda — 100 mln so‘mgacha kredit oladi.

Bu barcha jamoa a’zolari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan qulay va adolatli moliyalashtirish shaklidir.

“Hamkorlar” kreditining shartlari

  • har bir hamkor uchun kredit summasi — 100 mln so‘mgacha;
  • kredit muddati — 30 oygacha;
  • yillik foiz stavkasi — 26 foizdan boshlab.

Dastur afzalliklari

  • barcha hamkorlar bir vaqtning o‘zida kredit oladi;
  • takroriy murojaatda kredit summasini oshirish imkoniyati;
  • hujjatlar uchun minimal talablar;
  • tez va tushunarli rasmiylashtirish jarayoni.

O‘sish va kengayish uchun samarali yechim

“Hamkorlar” krediti quyidagi tadbirkorlar uchun ayni muddao:

  • qo‘shma loyihalarni boshlayotganlar;
  • mavjud biznesini kengaytirayotganlar;
  • moliyaviy yuklamani hamkorlar o‘rtasida taqsimlashni istaganlar.

Birga o‘sing. Hamkorbank bilan ko‘proq natijalarga erishing.

Batafsil ma’lumotni hamkorbank.uz saytidan yoki 1809 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi