Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda AYOQSh tarmog‘i va aviatsiya sohasiga $200 mln investitsiya kiritadi

Investor G‘arb standartlarini joriy etib, poytaxtda mintaqaviy logistika xabini yaratishni rejalashtirmoqda

Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda AYOQSh tarmog‘i va aviatsiya sohasiga $200 mln investitsiya kiritadi

Amerikaning Gulf korporatsiyasi O‘zbekistonda 100 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYOQSh) tarmog‘ini tashkil etish hamda aviatsiya sohasiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonda biznes vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Ikki yil ichida investor xalqaro sifat standartlariga mos kamida 100 ta obyekt qurishni rejalashtirgan. Chakana infratuzilmaga kiritiladigan investitsiya hajmi $150 mlnni tashkil etadi va loyihalar uchun moliyalashtirish to‘liq tasdiqlangan. Har bir shoxobcha o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, iste’molchilarni yuqori sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.

Oddiy AYOQShlardan tashqari, yirik magistrallar bo‘ylab turistlar va tranzit tashuvchilar uchun transport tugunlari ham barpo etiladi. Har bir obyekt ishga tushirilishi o‘rtacha 30 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlab, jami 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishiga xizmat qiladi. Hududlar rahbarlari kompaniyaga infratuzilma joylashtirish uchun qariyb 200 ta yer uchastkasini taklif etgan.

Loyihaning yana bir yo‘nalishi Gulf Aviation bo‘linmasi faoliyati bo‘ladi. Aviatsiya sohasiga qariyb $50 mln yo‘naltirilib, mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarni yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Markaziy Osiyodagi loyihalarni boshqarish uchun korporatsiya poytaxtda operatsion baza ochishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus O‘zbekistonning mintaqadagi muhim logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi
/
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi