Google kiberxavfsizlik sohasidagi “Wiz” startapini $32 mlrdga sotib oldi

Kompaniya loyiha orqali bulutli tizimda himoyani kuchaytiradi

Google kiberxavfsizlik sohasidagi “Wiz” startapini $32 mlrdga sotib oldi

Amerika Google korporatsiyasi kiberxavfsizlik yechimlari sohasida ixtisoslashgan “Wiz” startapini sotib olish bo‘yicha yakuniy kelishuvni imzoladi. Forbes nashri yozishicha, bitim qiymati $32 mlrdga baholanmoqda.

Bu Google uchun shu kabi eng yirik bitim hisoblanib, kompaniya uni 2026-yilga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, “Wiz”ni sotib olish Google’ga rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik tahdidlari sharoitida bulutli tizim himoyasini takomillashtirish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, 2024-yil iyul oyida “Wiz” startapni $23 mlrdga sotib olishni rejalashtirgan “Alphabet” (Google’ning bosh kompaniyasi) bilan tuzilgan bitimdan voz kechdi.

“Wiz” 2020-yilda asos solingan. U bulutli xavfsizlikni ta’minlash sohasida faoliyatini boshlagan paytda, bu yo‘nalishda raqobat past, ammo mijozlar bazasi boy va tez o‘sib borayotgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi