Faqat sport emas: ADM Global Golf Tour qanday qilib ishbilarmonlik muloqoti uchun yangi maydonga aylanmoqda

Toshkentda ADM Global Golf Tour turnirining to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, musobaqa borgan sari biznes hamjamiyati uchun yangi jalb qilish markaziga aylanib bormoqda

Faqat sport emas: ADM Global Golf Tour qanday qilib ishbilarmonlik muloqoti uchun yangi maydonga aylanmoqda

17-may kuni Tashkent Lake Side Golf Club maydonida ADM Global Golf Tour’ning to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi turnir odatiy sport tadbiridan ancha kengroq formatda o‘tdi.

Maydonda tadbirkorlar, media vakillari, hamkorlar va mehmonlar bir joyga jam bo‘ldi. Ularni faqat sport emas, balki muloqot, yangi tanishuvlar va Toshkentda shakllanib borayotgan zamonaviy biznes hordiq madaniyati birlashtirdi.

ADM Global Golf Tour bosqichma-bosqich sport tadbiridan ko‘ra kengroq mazmunga ega platformaga aylanmoqda. Unda golf networking, lifestyle va turli soha vakillari o‘rtasidagi norasmiy muloqot madaniyatining bir qismi sifatida shakllanmoqda.

Kun davomida mehmonlar golf bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdi, klub murabbiylari bilan birgalikda o‘yin asoslarini o‘rgandi, norasmiy muhitda muloqot qildi va turnir jarayonini kuzatdi. Tadbir g‘oliblarni taqdirlash marosimi hamda networking kechasi bilan yakunlandi.

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, loyiha oldidagi asosiy maqsadlardan biri — O‘zbekistonda golf sportini yanada ochiq va yangi auditoriya uchun tushunarli qilishdir. Shu sabab dasturga mehmonlar uchun ochiq formatdagi tadbirlar kiritilmoqda. To‘rtinchi bosqich doirasida ishtirokchilar o‘rtasida bepul o‘yin va mashg‘ulotlar ham o‘ynaldi.

Biznes kommunikatsiyaning yangi shakllariga qiziqish ortib borayotgan bir paytda golf Toshkentda ko‘plab mamlakatlarda allaqachon shakllangan — tanishuvlar, muzokaralar va hamkorlik aloqalari uchun maydon vazifasini bajarayotgan yo‘nalishga aylanmoqda.

ADM Global Golf Tour aynan shu g‘oyani ilgari surmoqda — sport, biznes hamjamiyati va zamonaviy shahar madaniyatini yagona formatda birlashtirishni.

Hamkorlik materiali.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistadagi xorijiy investitsiya kiritilgan kompaniyalar soni 19,5 mingga yaqinlashdi
/
O‘zbekistadagi xorijiy investitsiya kiritilgan kompaniyalar soni 19,5 mingga yaqinlashdi
Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi ochildi
/
Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi ochildi
UzNIF IPO’sidan jalb qilingan mablag‘ $692 mlngacha oshdi
/
UzNIF IPO’sidan jalb qilingan mablag‘ $692 mlngacha oshdi