Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi

Hamkorlik ishlari 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi

2026-yil 25-mart kuni Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo: unumdorlikdan farovonlik sari. Mintaqaviy muloqot” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi.

Forumda qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)bilan hamkorlikda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan “Xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiy siyosatni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi ishga tushiriladi. Ushbu loyiha doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 3 mln yevro grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Osiyo unumdorlik tashkiloti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi hamda Germaniyaning ilg‘or unumdorlik standartlarini mahalliy korxonalarga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Forum doirasida “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” tanlovi g‘oliblari taqdirlanib, ular Germaniya, Yaponiya va Turkiyaga sayohat yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, samarali faoliyat yuritgan korxonalar rag‘batlantirildi, mutaxassislarga ISO 14001 xalqaro sertifikatlari topshirildi.

Mintaqaviy sessiyada Markaziy Osiyo davlatlari vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida yaqin orada xalqaro ekspertlar hududlarga tashrif buyurib, tadbirkorlar uchun treninglar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi