Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi

Korporatsiya vakili Marina Junich bu yangilikni Toshkentdagi forumda e’lon qildi

Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi

Google’ning IT-giganti yaratgan Gemini platformasi endilikda o‘zbek tilida ham ishlaydi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtda o‘tayotgan xalqaro tadbirning panel sessiyasi davomida Google Cloud’ning hukumatlar bilan hamkorlik bo‘yicha direktori yangi lingvistik sozlamalar qo‘shilgani haqida ma’lum qildi. Endi neyrotarmoq o‘zbek tilidagi so‘rovlarni qayta ishlash va javoblar generatsiya qilish imkoniyatiga ega. Mutasaddi idora ta’kidlashicha, yangilanish mahalliy tadbirkorlar va mutaxassislar uchun ilg‘or raqamli yechimlarga yo‘l ochib, til to‘siqlarini bartaraf etadi.

Sentabr oyida kompaniya, shuningdek, Uzbekistan’ni AI Plus obunasini ishga tushirgan 40 ta davlat ro‘yxatiga kiritgandi. Premium tarifning oylik narxi taxminan $5 bo‘lib, yangi foydalanuvchilar uchun dastlabki olti oyga 50%lik chegirma taqdim etiladi.

Forum ochilishida prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, ekspertlar prognoziga ko‘ra, 2030-yilga borib AI texnologiyalari iqtisodiyotga kamida $10 mlrd qo‘shimcha qiymat olib kelishini ma’lum qildi. Soha rivojini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika Nvidia bilan hamkorlikda superkompyuter klasterini ishga tushirish va AQShda texnologiyalar transferi ofisini ochishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi