18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi

Qaror O‘zbekiston–Kolumbiya uchrashuvini fuqarolarga oila davrasida tomosha qilish uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi

18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi

18-iyun kuni O‘zbekistondagi barcha davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mazkur qaror 18-iyun tongida soat 07:00 da boshlanadigan O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvini fuqarolarga oila a’zolari bilan birgalikda tomosha qilish uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Prezidentimiz ertangi uchrashuvni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. Shu munosabat bilan 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 dan boshlash belgilandi, — dedi Sherzod Asadov.

Matbuot kotibi, shuningdek, davlat rahbari nomidan so‘nggi kunlarda Toshkent va boshqa hududlarda o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlar davrida yuksak madaniyat namoyish etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirildi.

Uning qayd etishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 102 davlatdan delegatsiyalar va qariyb 3 ming nafar xalqaro tashkilot vakillari mehmon bo‘lib turibdi. Xorijiy mehmonlar Toshkent va boshqa shaharlarning bugungi qiyofasi, poytaxtning ozodaligi hamda aholining madaniyat darajasini alohida e’tirof etmoqda.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, nufuzli xalqaro tahlillarga ko‘ra, Toshkent bugungi kunda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan uchinchi shahar bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoyning Shenzhen va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlaridan keyingi o‘rinni egallagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi
Besh tashkilot kapital bozorining “regulyator qumdoni”ga kirdi
/
Besh tashkilot kapital bozorining “regulyator qumdoni”ga kirdi