Fitch ilk bor “Uzbekistan Airports” ni BB darajasida baholadi

Kompaniya past qarz yuki va barqaror daromadlarni ko‘rsatmoqda

Fitch ilk bor “Uzbekistan Airports” ni BB darajasida baholadi

Xalqaro Fitch Ratings agentligi ilk marta “Uzbekistan Airports”ga emitent defoltining uzoq muddatli reytingini BB darajasida barqaror prognoz bilan berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, “Uzbekistan Airports” ichki bozorda mustahkam o‘ringa, past qarz yukiga hamda joriy va istiqboldagi loyihalardan barqaror daromadga ega. Davlat kompaniyaning 100% aksiyalariga egalik qiladi va aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni, shu jumladan yirik sarmoyalarni moliyalashtirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Agentlik ta’kidlashicha, kelgusi yillarda sof qarzning EBITDAga nisbatan prognozi minimal darajada qoladi, bu esa kompaniyani tashqi xavf-xatarlarga ham chidamli qiladi.

Hozirda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi aeroportlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda. Toshkentda ishlar olib borilayotgan bo‘lsa, Buxoro, Namangan va Urganchda investorlarni jalb etgan holda yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu qadamlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mamlakatning tranzit salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, kompaniya barqaror o‘sishni ta’minlash maqsadida ESG standartlarini joriy etmoqda. Fitch agentligi baholashiga ko‘ra, barqaror prognozning saqlanib qolishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning davom ettirilishi va “Uzbekistan Airports” ning 2030-yilgacha aviatsiya sohasini rivojlantirishdagi muhim roli bilan bog‘liq.

Xalqaro reytingning berilishi kompaniya uchun yangi imkoniyatlar ochadi: xalqaro moliya bozorlariga chiqish, investorlar ishonchini oshirish va qo‘shimcha xorijiy sarmoyalarni jalb qilish. Bu O‘zbekiston aeroportlarini yanada modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi