Markaziy bank yanvar-fevral oylarida 316,1 mlrd so‘mlik kreditni kredit tashkilotlariga qaytargan

Ma’lum qilinishicha, onlayn kredit rasmiylashtirishda firibgarlik aniqlangan

Markaziy bank yanvar-fevral oylarida 316,1 mlrd so‘mlik kreditni kredit tashkilotlariga qaytargan

2025-yil yanvar va fevral oylarida fuqarolar kredit olishga arizani firibgarlar ta’sirida berib, 48 soat davomida qo‘shimcha tasdiqdan o‘tmaganliklari hamda kredit mablag‘lari sarflanmaganligi sababli jami 316,1 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar kredit tashkilotlari hisobiga qaytarildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda

Markaziy bank tomonidan firibgarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida jismoniy shaxslarga onlayn kredit (mikroqarz) ajratishda kredit tashkilotlari 2024-yil 1-noyabrdan – 2025-yilning 1-apreliga qadar amal qiladigan vaqtinchalik tartib belgilangan.

Bugungi kunda vaqtinchalik tartibda belgilangan talablarga muvofiq, 11 ta tijorat banki hamda 1 ta mikromoliya tashkiloti mobil ilovalari orqali fuqarolarga onlayn kredit ajratish yo‘lga qo‘yilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qo‘mitasi: olti nafar yirik bloger budjetga 3 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lamagan
/
Soliq qo‘mitasi: olti nafar yirik bloger budjetga 3 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lamagan
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun qariyb $230 mln kredit ajratadi
/
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun qariyb $230 mln kredit ajratadi
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi