O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarning pul mablag‘larini o‘g‘irlagan firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi

Bundan tashqari, shunga o‘xshash ishlar mamlakat ichida ham amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarning pul mablag‘larini o‘g‘irlagan firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi

O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarning pul mablag‘larini o‘g‘irlagan call-markazlar faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Federatsiya Kengashida Rossiya IIV Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Danil Filippov ma’lum qildi.

Xalqaro hamkorlik borasida, chet ellik hamkorlarimiz bilan birgalikda Belarus va O‘zbekiston respublikalari hududlarida call-markazlar faoliyatini to‘xtatishga erishdik. Ushbu respublikalarda joylashgan call-markazlar faoliyatiga barham berildi. Ular Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini aldab kelgan edi, — dedi u.

Filippovning aytishicha, hozirda tergov-tezkor guruhlari hamkorlikda ish olib bormoqda.

U Rossiyada ham call-markazlarni aniqlash bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidladi. Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Yakutiyadagi call-markazlar faoliyati to‘xtatildi. 2024-yilda Ichki ishlar vazirligi uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etilgan 10 mingdan ortiq masofaviy firibgarlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishlarini sudlarga yuborgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi