Fevral oyida O‘zbekiston avtomobil bozori 6,4%ga o‘sdi

Eng yuqori xarid faolligi Samarqand viloyatida qayd etilib, ko‘rsatkich 65%ga oshgan

Fevral oyida O‘zbekiston avtomobil bozori 6,4%ga o‘sdi

2026-yil fevral oyida O‘zbekistonda jami 84,2 ming dona avtotransport vositasi realizatsiya qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Bozor dinamikasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ham, yanvar oyiga nisbatan ham ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi. Yanvarga nisbatan savdolar 2%ga yoki qariyb 1,6 ming dona avtomobilga oshgan. Eng katta o‘sish Samarqand viloyatida kuzatilib, xarid faolligi 65%ga ko‘tarilgan. Shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 12% va 7,2% o‘sish qayd etilgan.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida bir oy davomida 24 ming dona avtomobil sotilgan. Bu ko‘rsatkich yanvar darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, 2025-yil fevraliga nisbatan 10,7%ga yuqori bo‘lgan. Xorijiy avtomobillar savdosi esa 1,5 barobarga oshib, 3 ming donaga yetgan.

Elektromobillar bozori ham barqaror kengayishda davom etmoqda. Fevral oyida 6,9 ming dona elektr yengil avtomobil xarid qilingan bo‘lib, bu yanvarga nisbatan 14%ga ko‘pdir. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda ushbu segment 1,5 barobarga o‘sgan. Xaridlarning asosiy qismi — 65% yoki 4,5 ming dona elektromobil Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda so‘m omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 17,4% gacha pasaydi
/
O‘zbekistonda so‘m omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 17,4% gacha pasaydi
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar arzonlashdi
Sergeli avto bozori atrofida harakatlanish sxemasi o‘zgartiriladi
/
Sergeli avto bozori atrofida harakatlanish sxemasi o‘zgartiriladi