O‘zbekistonda kreditsiz paxta yetishtirgan fermerlarga subsidiya beriladi

Agar fermerlar imtiyozli kreditni yil yakunigacha qaytarsa, kreditning 4% qaytarib beriladi

O‘zbekistonda kreditsiz paxta yetishtirgan fermerlarga subsidiya beriladi

2025-yildan boshlab imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasining 10% miqdorida subsidiya beriladi.

Kecha, 16-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qo‘shimcha bozor mexanizmlari joriy qilinishi belgilandi.

Joriy yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qo‘yadi, fermerlar esa o‘ziga ma’qulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi.

Imtiyozli kreditni yil yakunigacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4% qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10% dan 6% ga tushadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin