Farg‘onada $170 mlnlik elektrobus ishlab chiqarish loyihasiga start berildi

Loyiha Xitoyning “Xiang Yang Tenglong Automobile” va “GIG Investments” kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi

Farg‘onada $170 mlnlik elektrobus ishlab chiqarish loyihasiga start berildi

Yozyovon tumanida Xitoyning “Xiang Yang Tenglong Automobile” hamda “GIG Investments” kompaniyalari bilan hamkorlikda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga start berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Loyiha Farg‘ona viloyatining “Ijodkor” mahallasida joylashgan maxsus sanoat zonasining 10 gektar maydonida amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati $170 mln bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 700 ta elektrobus ishlab chiqarish quvvati yaratiladi.

Korxonani 2027-yil dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan elektrobuslar ichki bozor ehtiyojlarini ta’minlash bilan birga xorijiy davlatlarga ham eksport qilinadi.

Ishlab chiqarish bosqichma-bosqich kengaytiriladi

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovonda amalga oshirilayotgan loyiha zamonaviy va ekologik toza transport vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, dastlab elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusida esa korxonada elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi viloyatning sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan transport vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
/
O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
/
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi
/
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi