Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Abu-Dabidan Toshkentga parvozlar 2026-yilning mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi

Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

BAAning Etihad Airways aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi, deb xabar qiladi “O‘zaviatsiya” agentligi.

Qayd etilishicha, aviakompaniyaga Abu Dabi — Toshkent — Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Foydalanish ruxsatnomasi 1998-yil 17-noyabrdagi O‘zbekiston va BAA o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim asosida rasmiylashtilgan.

Parvozlar Airbus A320−232/251N va Airbus A321−231/251N/251NX havo kemalarida amalga oshiriladi.

Iyul oyida Etihad aviakompaniyasi Yevroosiyoning yettita shahriga havo qatnovini yo‘lga qo‘yishini e’lon qilgandi. Toshkentdan tashqari, kompaniya Olmaota (Qozog‘iston), Tbilisi (Gruziya), Yerevan (Armaniston), Boku (Ozarbayjon), Buxarest (Ruminiya) va Madina (Saudiya Arabistoni) shaharlariga parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Etihad Abu Dabidan Toshkentga parvozlarni 2026-yil 17-martdan boshlab yo‘lga qo‘yish niyati borligini ma’lum qilgandi. Kompaniya BAA va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida haftasiga olti marta reys amalga oshiradi.

2020-yil 9-sentabrda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Etihad’ning sho‘basi — Air Arabia kompaniyasiga Abu Dabi- Toshkent- Abu Dabi yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan. Aviakompaniya 7-dekabrdan boshlab haftasiga 2 marta Abu Dabi- Toshkent- Abu Dabi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishga erishgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi