Etihad Airways 17-avgustdan Toshkent — Abu-Dabi reyslarini yo‘lga qo‘yadi

Yangi yo‘nalish yo‘lovchilarga 70 dan ortiq xalqaro manzilga chiqish imkonini beradi

Etihad Airways 17-avgustdan Toshkent — Abu-Dabi reyslarini yo‘lga qo‘yadi

BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi 2026-yil 17-avgustdan Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va Etihad Airways operatsion direktori Majed Al-Marzuqi o‘rtasidagi muzokaralar yakunida qabul qilingan. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaaloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

Kelishuvga ko‘ra, reyslar Toshkent — Abu-Dabi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuningdek, aviakompaniya kelgusida parvozlar geografiyasini bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Etihad Airways va Uzbekistan Airways o‘rtasida kod-shering va interlayn hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu yo‘lovchilarga bir nechta parvozlarni yagona chipta asosida amalga oshirish imkonini beradi.

Yangi yo‘nalish orqali o‘zbekistonlik yo‘lovchilar Abu-Dabi orqali 70 dan ortiq xalqaro manzilga, jumladan Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyaga tranzit parvozlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi