O‘zbekistonda eskrou hisoblar orqali 33 mingdan ortiq bitim amalga oshirildi

Eng yuqori faollik Toshkent, Farg‘ona va Samarqand hududlarida qayd etildi

O‘zbekistonda eskrou hisoblar orqali 33 mingdan ortiq bitim amalga oshirildi

2026-yil aprel oyida O‘zbekistonda eskrou hisoblar orqali ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi bo‘yicha 33 273 ta bitim tuzildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bitimlarning 19,6 mingtasi avtomobillar, 13,6 mingtasi esa turar joy va tijorat obyektlariga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar 31,7 mingdan ortiq shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qariyb 1,5 ming bitim ko‘rib chiqish bosqichida qolmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p bitim Toshkent shahrida qayd etildi — 9,5 mingta. Undan keyin Farg‘ona viloyati (3,1 ming) va Samarqand viloyati (2,9 ming) joylashgan.

Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha: Toshkent viloyati — 2,2 ming, Qashqadaryo — 1,7 ming, Buxoro — 1,7 ming, Xorazm — 1,5 ming, Surxondaryo — 1,4 ming, Qoraqalpog‘iston — 1,3 ming va Navoiy viloyati — 916 ta bitim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda
/
Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda
O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi
/
O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi