O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam 965 mlnga so‘mga sotildi

Birja savdolariga ko‘ra, qiymat boshlang‘ich narxidan 3 barobar yuqorilagan

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam 965 mlnga so‘mga sotildi

Joriy yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining elektron savdo tizimida onlayn-ausionlar orqali eng qimmat «chiroyli» avtoraqam yuridik shaxsga 965,250 mln so‘mga sotildi.

Ausionda “01 888 BBB” avtoraqami boshlang‘ich 337,5 mln so‘mdan deyarli 3 baravarga oshgan. Bu bilan avtoraqam egasi yangi rekordni o‘rnatdi. 

Shuningdek, avtoraqam uchun komissiya to‘lovi 48,769 mlnni, garov puli esa 33,750 mln so‘mni tashkil qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili eng qimmat avtoraqam qiymati 894 mln so‘mga sotilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
/
Markaziy bank ipoteka, avtokredit va mikroqarzlarning o‘rtacha stavkalarini e’lon qildi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini ajratish tizimi o‘zgartiriladi
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi
/
Yana 4 ta davlat kompaniyasining IPO’si 2027–2028-yillarga qoldiriladi